Olmaxonsimonlar

Olmaxonsimonlar (Sciuridae) — kemiruvchilar oilasi. Gavdasining uzunligi 6-60 santimetr. 25 ga yaqin urug’i, jumladan, olmaxonlar, burunduqlar, sug’urlar, ingichka barmoqli yumronqoziqlar va boshqalar mavjud. 230 ga yaqin turi ma’lum. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikaning shimoliy qismida mo’tadil, subtropik va tropik mintaqalardagi o’rmonlar, ochiq tekisliklar, tundra va baland tog’larda (3800 metr balandlikkacha) tarqalgan. Daraxtlarda (olmaxonlar, burunduklar), erda (sug’urlar, yumronqoziqlar) qayot kechiradi. Ko’pchilik turlari qishda uyquga ketadi. Asosan, o’simliklar bilan oziqlanadi, ayrim turlari qishga oziq g’amlaydi. Yilda 1-3 marta bolalaydi. 6 turi xalqaro qizil kitobga, ko’k sug’ur O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.