Oqsilli ozuqalar

Oqsilli ozuqalar – o’simliklar va hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan, tarkibida protein ko’p bo’lgan yem-xashak. Ko’pchilik mollar uchun yem-xashak ozuqalar — ko’ko’t, pichan, don va don chiqitlari, kunjara va boshqa proteinning asosiy manbai hisoblanadi. Ko’k ozuqalar orasida yosh dukkakli o’simliklar o’tida xom protein, ayniqsa, ko’p. Masalan, bedaning 1 ozuqa birligida 200 gramm, xashaki dukkakli o’simliklarning 1 ozuqa birligida 320 grammgacha xom protein bor. Shuningdek, ularning sifati ham g’oyat yuqori bo’lib, tez hazm bo’lishiga yordam beradigan suvda eruvchi va tuzda eruvchi oqsillar, almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar ko’p. Shuningdek, dukkakli ekinlar doni ham proteinga boy: no’xat va vika 1 ozuqa birligi donida 200 grammgacha, soyada 256 grammgacha protein bor. Aminokislotalar tarkibi bo’yicha kunjara (1 ozuqa birligida 270-340) va shrotlar (300— 370 gramm) proteinlari ham to’la qimmatli yemish hisoblanadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan yemlarda protein miqdori ko’p va yuqori biologik qimmatga ega. Go’sht unining 1 ozuqa birligida 570 gramm, baliq unining eng yaxshi navlarida 600 grammdan ortiq, quruq qon kukuni 1 ozuqa birligida 550 gramm protein bor. Pivo, non va ozuqa achitqilari xam tarkibida oqsilning ko’pligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, achitqi xamirturush V guruhidagi vitaminlar va mikroelementlar manbaidir. Ro’zimat Hamroqulov.