O’ROQQANOTLILAR
O’ROQQANOTLILAR — shom kapalaklari oilasi. Qanotlari yoyilganida 20-40 millimetr, keng; oldingi qanotlarining uchki qismi cho’ziq va o’roqsimon egilgan (nomi shundan): tanasi ingichka, xartumi kichik yoki bo’lmaydi. 800 ga yaqin turi bor; asosan, Sharqiy yarim sharning tropik va subtropik qismida tarqalgan. O’zbekistonda 10 ga yaqin turi uchraydi. Qurtlarining tanasi siyrak tuklar bilan qoplagan; qorinoyoqlari 4 juft; daraxtlar va butalar bargi bilan oziqlanadi. Barglardagi pilla ichida g’umbakka aylanadi. Yilda 2 avlodi rivojlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- O’ROZBOYEV MUHAMMAD TOSHEVICH
- O’ROZOV ILYOS
- O’RTA ARIFMETIK
- O’RTA ASR
- O’RTA CHASHMA
- O’RTA CHIRCHIQ TUMANI
- O’RTA DENGIZ
- O’RTA DENGIZ GEOSINKLINAL MINTAQASI


