Ossuriylar, aysorlar

Ossuriylar, aysorlar (o’zlarini aturai deb ataydilar) — yaqin Sharq mamlakatlari, AQSh va boshqa mamlakatlarda yashaydigan xalq. Umumiy soni 350 ming kishi (1990-yillar o’rtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasi (10,6 ming kishi), Iroq (120 ming kishi), Eron (100 ming kishi), Turkiyada (70 ming kishi) va boshqalar. Ossuriy tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, nestorianlar.