PARDA HOSIL QILUVCHI MODDALAR

PARDA HOSIL QILUVCHI MODDALAR — biror sirtga surilganda qisqa vaqt ichida yupqa parda qatlam hosil qiladigan sintetik yoki tabiiy moddalar (odatda, polimerlar yoki oligo- merlar). Bu pardalarning muhim xossa- si shundaki, ular sirtga adgeziyalanadi (yopishib turadi), qattiq, elastik, nam o’tkazmaydigan tashki muhit ta’siriga chidamli bo’ladi. P.h.q.m. sirtga orga- nik erituvchilarda eritilgan eritmalar holida, suv yoki plastifikatorlardagi dispersiya holida beriladi. Parda ran- geiz (tarkibida pigment bo’lmasa) yoki sarikdan to’q jigarranggacha bo’lishi mumkin. P.h.q.m. — lok-bo’yoq Mate-rial- lari (alif, moy, lok, bo’yoq)ning asosi- dir. P.h.q.m. tabiiy (o’simlik va hayvon elimi, zig’ir, tung va degidratlangan ka- nakunjut moyi, kanifolni qayta ishlash maxsulotlari) va sintetik (alkid, epok- Sid, fenolaldegid, poliefir va Perx- lorvinil smolalar) xillarga bo’linadi.