Paxpardoz

Paxpardoz (forscha pax — qirra), yoyma pardoz — o’ymakorlikda pardoz turi; qirra hosil qilish uchun bo’rtma naqsh yuzasi bir tomonga to zaminiga qadar qiya kesib pardozlanadi. Ganch, yog’och o’ymakorligida, ayniqsa, zanjira mujassamotida keng qo’llanadi. Paxpardoz natijasida nursoya o’yini mayin ko’rinishga ega bo’ladi. Shifti baland binolar (turar joy, jamoat binolari)da bo’rtma shakllarga pardoz berishda choka pardoz bilan birga keng qo’llanadi. Paxpardoz, ayniqsa, 14-15-asrlarda tosh, yog’och, terrakota o’ymakorligida ustalar tomonidan keng qo’llanilgan. 20-asrda usta M. Usmonov, A. Quliyev va boshqalar ijoida Paxpardozni qo’llab jozibali naqsh na-munalarini yaratdilar. Samarqandda yoyma pardoz deb ataladi.