Paxtatikan, lattatikan

Paxtatikan, lattatikan (Cirsium ochrolepideum) — murakkab-guldoshlarga mansub ildizbachkili ko’p yillik o’t. Poyasi tik, yuqori qismi sershox, serbarg, bo’yi 40-100 santimetr. Barglari nashtarsimon, bandsiz, arrali, savatcha to’pgulga yig’ilgan. Iyun -sentabrda gullab mevalaydi. Mevasi uchmali urug’. Asosan, ildiz bachkilari, ildiz bo’laklari, shuningdek, urug’idan ko’payadi. Yo’qotish qiyin begona o’t hisoblanadi. O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik yerlarida keng tarqalgan. Paxtazor, sabzavot-poliz, donli ekinlar va beda orasida uchraydi. Kurash choralari: yerni ketma-ket ishlash bilan ildizlarini kesib, oziqlanishini susaytirish; kuzgi shudgorgacha 2,4 -D amin tuzi, don ekinlarida esa 2,4-D gerbitsidlarini purkash.