Pedersen Charlz

Pedersen Charlz (1904.3.10, Pusan, Koreya Respublikasi — 1989.26.10) — amerikalik kimyogar. Massachuset texnologiya institutini tugatgan (1927). Uilmingtondagi (Delaver shtati) «Dyupon» firmasida kimyogar-tadqiqotchi (1927— 69). Ilmiy ishlari makrogeterosiklik birikmalar (Kraun-efirlar) kimyosiga oid. 1970-yillarda tarkibidagi kislorod geteroatomlari oltingugurt atomlari bilan almashtirilgan qator Kraun efirlar sintez qildi. Nobel mukofoti laureati (1987, D. J. Kram va J. M. Len bilan hamkorlikda).