Pauell (Pouell; Powell) Sesil Frank
Pauell (Pouell; Powell) Sesil Frank (1903.5.12, Tonbrij, Kent — 1969.9.8, Milan) — ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1949 yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1925). 1928 yildan Bristol universitetida ishlagan (1948 yildan professor). Kosmik nurlarni tadqiq qilish maqsadida uchirilgan zond-sharlar bo’yicha tuzilgan Yevropa ekspeditsiyalari direktori (Italiya, 1952-61). Yevropa yadro tadqiqotlari markazit tuzish tashabbuskorlaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, kosmik nurlar va elementar zarralar fizikasiga oid. Xodimlari bilan hamkorlikda kosmik nurlardagi k -mezonlarni kashf etgan (1947). Pauell — faol jamoat arbobi. 1967-69 yillarda Paguosh qo’mitasi raisi bo’lgan. Nobel mukofoti laureati (1950).
O‘xshash so‘zlar
- Pauli (Pauli) Volfgang
- Pauli printsipi
- Paulo Koelo
- Pauperizm
- Paustovskiy Konstantin Georgievich
- Pauza
- Pave de kurtey
- PAVEL I





