Pepsin
Pepsin (Yunoncha pepsis — ovqat hazm qilish) — sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va ko’pchilik baliqlar me’da shirasining asosiy fermenti. Oqsillar va peptidlarni parchalaydi. Nemis olimi T. Shvann topgan (1836). Amerikalik olim J. Nortrop uni kristall holda olgan (1930). Me’da shilliq qavati bezlari chiqaradigan pepsinogen me’da shirasidagi xlorid kislota ta’sirida Pepsinga aylanadi. Laboratoriyada oqsilning birlamchi tuzilishini o’rganish, sir tayyorlashda ishlatiladi. Tibbiyotda me’da shirasining ajralishi susayib, ovqat hazm qilish yo’llarining faoliyati buzilganda qo’llanadi.