Port-Jantil

Port-Jantil — Gabondagi shahar. Ogave daryosi bo’yida. Dengiz bo’yi ogave provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 80,8 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Mamlakatning Atlantika okeani sohilidagi asosiy porti, chetga neft va taxta chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, yog’ochsozlik (taxta tilish, faner ishlab chiqarish), oziq-ovqat sanoati korxonalari, kislorod-atsetilin zavodi, kema verfi bor. Issiqlik elektr stansiyasi qurilgan. Port-Jantil yaqinidagi konlardan neft va tabiiy gaz olinadi.