Portik
Portik (lotincha particus)— asosan, bino bosh tarziga, ayrim hollarda 2 yoki 3 tomoniga ishlangan qator ustun, kolonnalar. Qadimgi me’morlikda keng tarqalgan. Yunoniston sayrgohlarida Portiklar bo’lgan. 18-19-asrlarda klassisizm davri me’morligida, 20-asrda, asosan, jamoat binolari (o’quv korpuslari, teatr binolari, madaniyat saroylari)da qo’llanilgan. Toshkentdagi O’zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Madaniyat vazirligi binosi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa binolardagi Portiklar o’ziga xos uslubda ishlangan.