Puazyoyl qonuni

Puazyoyl qonuni – ingichka tsilindr naycha orqali oqib o’tayotgan yopishqoq suyuqlikning laminar oqimadan miqdori-hajmini ko’rsatadigan qonun. Unga ko’ra, naychaning ko’ndalang kesimidan 1 sekundda oqib o’tayotgan suyuqlik hajmi Q naychaga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlik bosim (r va ry)lari farqiga, naycha diametri d ning to’rtinchi darajasiga to’g’ri proportsional, naycha uzunligiga va suyuqlikning yopishqoqlik koeffisientiga teskari proportsional: Bu formulani frantsuz fizigi va vrachi J. L. M. Puazyoyl (1799- 1869) aniqlagan, k koeffisienti bilan yopishqoqlik koeffisienti ts ning bog’lanishini keyinroq J. Stoke aniqlagan. Puazyoyl qonuni turli temperaturalardagi suyuqlik yopishqoqligi koeffisientini aniqlashda qo’llaniladi.