Pumipon Adulyadet

Pumipon Adulyadet (Buyuk Rama IX) (Bhumibol Adulyadej) (Rama IX) (1927.5.12, AQShning Kembrij shahri) -Tailand davlat arbobi. Lozanna va Bangkok universitetlarida o’qigan. 1946 yil 9 iyunda akasi, qirol Rama VIII (Anand Maxidol) ning vafotidan so’ng taxt egasi. 1950 yil 5 mayda Tailand Qirolligi qiroli Rama IX sifatida rasman taxtga o’tirgan. 1987 yil unga Buyuk unvoni berilgan. Bir qancha xayriya jamg’armalari asoschisi.