Q

Q — o’zbek kirill alifbosining o’ttiz uchinchi harfi. Chuqur til orqa, shovqinli, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qo’llanishiga ko’ra o’rtacha faol. So’zning boshi (qarmoq, qor, qo’l), o’rtasi (maqsad, oqil, to’qson) va oxirida (aniq, iliq, og’riq) kela oladi; so’z o’rtasida juft holda ham qo’llanadi: raqqosa, soqqa, 0taqqos. Ba’zi undosh va unli tovushlar bilan yonma-yon kelganda, ular ta’sirida x yoki G’kabi talaffuz etilsada (maxsad, taxsimot, to’xson, chixdi; o’rtog, o’rog’), bu holatlar imloda aks etmaydi. Turkiy xalqlar, jumladan o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan deyarli barcha yozuvlarda o’ziga xos belgi-shakllarga ega.