Qalamcha

Qalamcha — o’simliklarni vegetativ usulda ko’paytirish uchun kesib olingan yashil yoki kurtakli etilgan qattiq novdacha. Qalamcha sof navli, yuqori sifatli o’simliklardan tayyorlanadi. Qalamchaning poya va bargli (yashil) turlari mavjud. Poya Qalamchalar, asosan, bir yillik novdalardan kuzda (masalan, tok, atirgul, anor, anjir) yoki bahorda (terak) tayyorlanadi. Kuzda daraxtlar bargi to’kilganda olingani kuzgi Qalamcha barg chiqarganda olingani yozgi yoki yashil Qalamcha deyiladi. Terak, tok Qalamcha uzunligi 35-40 santimetr, diametri 2 santimetr (qalam yo’g’onligida) bo’lishi lozim. Yerga ko’mib saqlanadi, erta bahorda ochiq erlarga ekiladi (atirgul qlari qumga ko’mib saqlanadi). Yashil Qalamcha uchun bargli novdalardan foydalaniladi (5-10 santimetr), ayrim hollarda bitta kurtakli po’stloq qismi yog’ochi bilan kesiladi. Shuningdek, payvand qilishda kurtaklar olish uchun tayyorlangan bir yillik novdalar ham Qalamcha deyiladi.