Qatorlar

Qatorlar — quyidagi ko’rinishdagi ifoda: a,+A2+…+AP+… X a kabi belgilanadi. Yig’indida qatnashgan ar A2, …, AP elementlar qatorning hadlari, AP esa umumiy hadi. Qatorning hadlari sonlar, funktsiyalar, vektorlar, matritsalar va boshqalarni ifodalashi mumkin. Shunga ko’ra, sonli, funktsional, vektorlar, matrisalar qatori bo’ladi. Agar NT 8p chekli limit mavjud bo’lsa, qator yaqinlashuvchi (bu yerda 8″=A1+A2+ + AP= £, a ~ qatorning qismiy yig’indisi; 8 — qator yig’indisi), aks holda uzoqlashuvchi deb ataladi. Qator yaqinlashishi bir qancha mezon va alomatlar yordamida tekshiriladi. Masalan, sonli Qatorlar uchun Koshi mezoni, taqqoslash alomatlari, D’Alamber, Koshi Raabe, Gauss, Leybnis, Abel, Dirixle, Koshi Maklorenning integral alomatlari va boshqalar mavjud. Sonli Qatorlar ning yaqinlashishini aniqlashda ko’p hollarda ularni quyidagi ikki qator bilan taqqoslash yaxshi natija beradi. Mutlaq yaqinlashuvchi qatorda uning yig’indisini o’zgartirmasdan hadlarining o’rnini almashtirish va ba’zi hadlarini birlashtirish mumkin. Shartli yaqinlashuvchi Qatorlarda bunday tasdiq o’rinli emas. Sonli bo’lmagan boshqa Qatorlarni tekshirish uchun ham sonli Qatorlarni tekshirishda ishlatiladigan va shunga o’xshash alomatlaridan foydalaniladi.