Qayum Ramazon

Qayum Ramazon (taxalluslari: Qayum, O’ktam, Turg’unboy qori, Ramazon qori) (1900 — Toshkent — 1938.4.10) — o’zbek pedagogi, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos. Onasi Mastura otin Abduqodir a’lam Rajabboy qizi yordamida savodini chiqargan va Munavvarqorining yangi usul maktabi hamda madrasada, Boku pedagogika institutida (1916-17) o’qigan. 191821 yillarda o’qituvchilar tayyorlash kursi va boshlang’ich maktablarda o’qituvchi. Fitrat bilan birga «Chig’atoy gurungi»ni tashkil qilgan va unda kotib bo’lib ishlagan (1919). «Qizil bayroq» va «Turkiston» gaz.larida adabiy xodim (1921-23), O’zbekiston MIK qoshidagi Yangi o’zbek alifbosi Markaziy qo’mitasi a’zosi (1929-30), fan komiteti huzuridagi til va adabiyot institutida dotsent (1934-37). Teatr tanqidchisi sifatida «Abu Muslim», «Uyg’onish», «Yalang’och eshon», «Shayx San’on», «Farhod va Shirin», «Malikai Turandot», «hujum», «Halima», «Kovai ohangar» spektakllariga taqriz yozgan. O’zbek maktablari uchun dastlabki ona tili darsliklarini yaratgan. «Ona tili» (Fitrat va Sh. Rahimiy bilan birga, 1918), «bilim yo’llari», «yozuv yo’llari» (1919), 4 kitobdan iborat «O’zbekcha til saboqligi» (Munavvarqori va Sh.Zunnun bilan hamkorlikda, 1925— 26), «Yer yuzidagi tillar orasida o’zbek tili» (1930), «O’zbek tilining imlo qoidalari» (1931), «O’zbek tilining Birlashgan imlo qoidasi» (1934), «O’zbek tili ish kitobi» (Sh.Shamsiy bilan hamkorlikda, 1935— 36) kitoblari muallifi. «Xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. 1957 yilda oqlangan. Sirojiddin Ahmedov.