Qibray

Qibray — Toshkent viloyati Qibray tumanidagi shaharcha (1973 yildan), tuman markazi. Toshkent shahridan 18 kilometr shimoli Sharqda. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Qodiriya (10 kilometr). Aholisi 14 ming kishi (2004). Mahalliy rivoyatlarga ko’ra «Qibray» (qadimda «qiray») nomi qadimiy turkiy qabila nomidan kelib chiqqan. Qibrayda sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, o’rta biznes, yirik korxonalari va mikrofirmalar, qo’shma korxonalar, Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tokchilik va vinochilik filiallari, avtokorxona, MTP, dehqon bozori bor. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey, kasb-hunar kollejlari, tuman Markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, Mustaqillik maydoni, o’quv sport kombinati, stadion, suzish havzasi va boshqalar sport inshootla ri mavjud. Shahar o’rtasidagi maydonda Xotira monumenti o’rnatilgan. Tuman Markaziy kasalxonasi, tibbiy tez yordam bo’limi, poliklinika, Markaziy dorixona, tug’ruqxona majmui va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Shaharcha yaqinida bir qancha sanatoriy va dam olish uylari (shu jumladan, «Botanika», «Bo’ston», «Umid gulshani», «Qibray», «Navbahor», «Energetik» va boshqalar) faoliyat ko’rsatadi. Qibraydan Toshkent shahri gacha avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yo’lga qo’yilgan. Toshkent — Xo’jakent elektr poyezdi Qibray yonidan o’tadi.