Qirqquloq

Qirqquloq — qirqquloqdoshlarga mansub o’simliklar turkumi. O’zbekistonda Qirqquloqning botqoq Qirqquloqi yoki botqoq paparotnigi va erkak Qirqquloq yoki erkak paparotnik turi o’sadi. Botqoq Qirqquloqining ildizpoyasi ingichka, qoramtir, eski barg bandlari bilan o’ralgan. Barglari 15-60 santimetr, yakka-yakka joylashgan, barg plastinkasi qalami, ikki karra patsimon qirqilgan. Avgust—sentabrda spora hosil qiladi. Cho’l, adir va tog’ zonalarida uchraydi. Botqoqliklarda, ariq va daryo bo’ylarida o’sadi. Erkak Qirqquloqining ildizpoyasi yo’g’on, eski barg bandlari bilan o’ralgan. Barglari to’p-to’p bo’lib joylashgan. Barg plastinkasi uzunchoq ellipssimon, ikki karra patsimon qirqilgan. Avgust-sentabrda spora hosil qiladi. Tibbiyotda lentasimon gijjalarni davolashda foydalaniladi. Tog’ zonasida mayda toshli tuproqlarda, daraxt va toshlarning soyasida, zax joylarda o’sadi.