Qishloq xo’jaligi yerlari

Qishloq xo’jaligi yerlari – xo’jaliklar tomonidan ishlab chiqarish vositasi sifatida rejali va uzluksiz foydalaniladigan yer uchastkalari va massivlari, ekinzorlar (haydalma erlar), ko’p yillik ekinzorlar (bog’lar, rezavor meva maydonlari), pichanzorlar, yaylovlar hamda qo’riqbo’z yerlar. Sug’orma dehqonchilik mintaqalarida Qishloq xo’jaligi yerlariga haydalma yerlar, qo’riq yerlar, tomorqa yerlari, ihota o’rmon mintaqalari, ko’p yillik ekinzorlar, pichanzorlar, yaylovlar kiradi. Ko’p yillik ekinzorlar — ekilgan daraxtzorlar, butazorlar va o’tsimon o’simliklar (bog’lar, uzumzorlar, rezavor mevali maydonlar) bilan band bo’lgan er uchastkalari. Pichanzorlar — o’t-o’lani pichan uchun o’riladigan yer maydonlari. Pichanzorlar Ko’lob, quruq va botqoqlangan turlarga bo’linadi. Xo’jaliklar yerlari doirasida pichanzorlarning bo’lishi va ularning turlari hududning tuzilishi va tabiiy sharoitlari bilan belgilanadi. Yaylovlar — mollar o’tlatib boqiladigan yer maydonlari; shuningdek, pichani o’rib olinmaydigan va qo’riq hisoblanmaydigan erlar ham yaylovga kiradi. Ishlab chiqarishni intensivlash va xo’jalikning ichki yer rezervlari o’zlashtirilishi natijasida Qishloq xo’jaligi yerlarining tuzilmasi takomillashadi, foydalaniladigan yer hissasi oshadi. Sho’rlangan yerlar melioratsiyasi, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari, sug’oriladigan madaniy yaylovlar barpo etish va boshqalar. Qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanishning yaxshilanishiga yordam beradi. O’zbekistonda jami Qishloq xo’jaligi yerlari 26,7 million gektar, shundan asosiy qishloq xo’jalik ekinlarining umumiy maydoni 3785,1 ming gektarni tashkil qildi (2004). Qosimjon Rahmonov.