Qiyin eriydigan metallar

Qiyin eriydigan metallar, qiyin suyuqlanuvchi metallar — suyuqlanish temperaturasi 1650-1700° dan yuqori bo’lgan metallar; 1000° dan yuqori tempraturada mexanik xossalarini, puxtaligini yo’qotmaydi. Qiyin eriydigan metallarga titan I, vanadiy V, xrom Sg, tsirkoniy 2G, niobiy N5, molibden mo, texnesiy Ts, ruteniy Ki, gafniy ng’, tantal ta, volfram XV, reniy Ke, osmiy 08, iridiy 1g, rodiy KP metallari kiradi. Qiyin eriydigan metallar atomlarining elektron tuzilishi bir-biriga yaqinligi va ularning o’zgaruvchan valentligi ko’p turda kimyoviy birikmalar olishga imkon beradi; ular qiyin suyuqlanuvchan metallsimon qattiq birikmalar hosil qiladi. Qiyin eriydigan metallarning ba’zilari, masalan, Sg, V, ^ ni sof holda ajratib olish osonroq bo’lganligi uchun ko’proq tarqalgan bo’lsa, ba’zilari, masalan, K, Ke, 1g, ov va Ki siyrak metallardir. Qiyin eriydigan metallar ularning tuzlaridan qaytarish va elektroliz yo’li bilan olinadi. Qiyin eriydigan metallar legirlovchi elementlar sifatida, sof holda, qotishmalar holida ishlatiladi. Masalan, KP agressiv moddalar ta’siriga juda chidamli, mustahkamlik chegarasi 560 mn/m2, rodiy lentasi yuqori temperaatura hosil qiladigan va oksidlovchi muhitda ishlaydigan elektr pechlarining qizdirish elementlari uchun ishlatiladi, 60% K bilan 40% 1g qotishmasi 2300° gacha bo’lgan temperaturalarni o’lchashda foydalaniladigan termoparalar uchun, ng elektrotexnika va radiotexnikada, gafniy karbidi esa keskichlar, shtamp matrisalari tayyorlashga ketadigan qattiq qotishmalarga qo’shish uchun ishlatiladi va hokazo. Qiyin eriydigan metallardan qotishmalarning xossalarini yaxshilovchi qo’shimcha sifatida, tigellar tayyorlashda, korroziyabardosh qoplamlar uchun, turbinalar, yadro reaktorlari, elektron asboblar, raketalar, kosmik kemalar va boshqalarda keng foydalaniladi.