Qizilurug’, Qizilurug’

Qizilurug’, Qizilurug’ — o’rtapishar qovun navi. O’zbekiston sabzavot kartoshkachilik tajriba stansiyasida yaxshilangan (V.F.Kuznesova, M.I. Tsinda, P.N.Dudko). Shakli tuxumsimon, o’rtacha kattalikda (og’irligi 2,5—3,6 kilogramm, uzunligi 26-28 santimetr). Sirti tekis, to’ri yirik, och yashil, uch tomoni sarg’imtir. Po’sti qattiq, etining qalinligi 4-4,5 santimetr, to’q sariqqizil, po’stiga yaqin qismi yashil, shirin, hidsiz. Tarkibida qand miqdori 10,1 — 12,2%, saxaroza 6,7 — 8,9%, quruq modda 12,9—14,4%. Urug’xonasi o’rtacha, urug’i yirik. Urug’i unib chiqqandan keyin hosili 80-92 kunda pishadi. Hosildorligi 200-260 ts/ga. Uzoq joylarga yuborishga yaroqli. Qoqi solinadi. O’zbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Toshkent vohasida keng tarqalgan.