Qon tuflash

Qon tuflash — yo’talganda nafas yo’llaridan qon ajralishi. O’pkadagi turli illatlar (yallig’lanish, sil, o’sma, abssess, infarkt), ba’zi yurak poroklari, exinokokkoz, zaxm va qon sistemasi kasalliklarida bemor qon tuflaydi. Nafas yo’llari tomirlarining yorilishi, yurak poroklari oqibatida o’pkada qon dimlanishi va tomirlar devori o’tkazuvchanligining oshishi ham Qon tuflashga sabab bo’ladi. Ko’pincha milk yoki burun qonashi natijasida nafas yo’llariga qon oqib tushib, soxta Qon tuflash ro’y beradi. Qon Tuflaganda qon aralash balg’am, «toza qon laxtalari» (bo’laklari) yoki balg’am zang rangida bo’lishi mumkin. Qon tuflashda qon qo’p ajralishi o’pkadan qon ketishidan dalolat beradi. Bemorni orqasiga narsa qo’yib suyab o’tqazib qo’yiladi; gaplashish, harakat qilishga ruxsat etilmaydi, zudlik bilan vrach chaqirish, Qon tuflash sababini aniqlash va tegishli davo choralarini ko’rish lozim.