Qon bosimini tushiruvchi moddalar

Qon bosimini tushiruvchi moddalar, gipotenziv moddalar — qon tomirlar tonusini pasaytiruvchi dorilar. Ular arterial bosim (AB) ni me’yoriga tushirib, nishon-a’zolarda kechadigan o’zgarishlarni kamaytiradi, gipertoniya kasalligi asoratlarining oldini oladi. Tibbiyot amaliyotida qon bosimi oshishining turli bosqichlariga ta’sir qiluvchi yuqori samarali dori vositalari ko’p, lekin ularning ko’pchiligi arterial bosimni pasaytirish bilan birga, sezilarli ravishda uglevod va yog’lar almashinuvini buzadi, Markaziy nerv sistemasi faoliyatini susaytiradi, qon reologiyasi va boshqalarni o’zgarishiga olib keladi. Shu bois amaliyotda nojo’ya ta’siri kamroq «birinchi qator» preparatlar guruhi ajratib olingan. Bular: — siydik haydovchi dorilar (tiazid va «halqali» diuretiklar), qisman kaliy saqlovchi vositalar; —sa++ ioni antagonistlari (nifedipin guruhi — amlodipin, nitrendipin va boshqalar); —SX-adrenoblokatorlar; — R-adrenoblokatorlar, jumladan «gibridlar»; — angiotenzin o’zgartiruvchi Ferment ingibitorlari; — angitenzin «reseptorlari blokatorlari». Ilgari keng qo’llanilgan rezerpin, benzogeksoniy, pentamin, apressin va boshqalar hozirda faqat yordamchi ahamiyatga ega. Hozirgi klofelin, fentolamin, prazozin, apressin va boshqa Qon bosimini tushiruvchi moddalar qo’llanadi. Vrach kasallikning davriga va organizmning holatiga, shuningdek, dorining ta’sir etishiga qarab biror xil dorini buyuradi. Qon bosimini tushiruvchi moddalarni o’z bilgicha ichmaslik kerak. Agar ular vrach ruxsatisiz ichilsa, ta’siri bo’lmasligi yoki yurak faoliyatini zararlashi, ko’ngil aynishi, qusish, quvvatsizlik, bosh aylanishi va boshqalar kuzatiladi, shuningdek, Arterial bosim to’satdan pasayib ketib, hayot uchun xavfli holat — kollapst olib keladi. Qon bosimini tushiruvchi moddalarni faqat vrach ko’rsatmasiga muvofiq ishlatish kerak.