Qozog’iston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi

Qozog’iston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi — Qozog’istonning oliy ilmiy muassasasi. 1946 yil 31 mayda SSSR Fanlar Akademiyasining Qozog’iston filiali negizida tashkil etilgan. Olmaota shahrida joylashgan. Faoliyatining asosiy yo’nalishlari ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish, fanning muhim tarmoqlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va fan tarmoqlari taraqqiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va boshqalardan iborat. 56 akademik, 143 muxbir a’zosi bor (2003). Fan tarmoqlari bo’yicha 6 bo’lim (jumadan, 1 mintaqaviy) va 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot institut va muassasasi, botanika bog’i, kutubxonasi (4 milliondan ortiq asar) bor. Akademiya «Xabarlar» (1944 yildan) va boshqa ilmiy jurnal hamda asarlar nashr etadi. Prezidenti — Murat Jurinov (2003 yildan).