Qor qo’yi

Qor qo’yi, Chubuk — tog’qo’ylari urug’iga mansub sut emizuvchi. Gavdasining uzunligi 105 santimetrgacha, yag’rinidan balandligi 10,5 santimetrgacha, og’irligi 140 kilogrammgacha. Urg’ochisi erkagiga nisbatan ancha kichik. Erkagi shoxining uzunligi 111 santimetrgacha, urg’ochisiniki — kalta. Gala bo’lib yashaydi. Poligam. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va shimoliy Amerikada (Janubda Meksikagacha) tarqalgan. Noyabr-dekabrda ko’payishga kirishadi. Janubiy- Sharqiy Osiyoda 4 kenja turi Sharqiy Sibirdan Chukotka va Kamchatkagacha uchraydi. O’simlikxo’r. Yilda 1-2 ta bola tug’adi. Soni kamayib ketgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.