Qorajanjal

Qorajanjal, Qorasemiz – xalq selektsiyasida chiqarilgan o’rta kechpishar mahalliy xo’raki va mayizbop uzum navi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha (Diametri 17-22 santimetr), to’garak, usti yaltiroq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik — 300-400 gramm (bo’yi 16-25 santimetr), keng konussimon, zichligi o’rtacha. G’ujumi yirik (4,8 gramm), seret, shirali, oval yoki tsilindrsimon; binafsha-qoramtir, po’sti qalin. Tarkibida 25-27% qand bor, nordonligi 4-7%, sentabrda pishadi. Uzumining sifatliligi jihatidan xo’raki navlar orasida 1-o’rinlarda turadi. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi (23% mayiz tushadi). Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida o’stiriladi.