Qulmamedov Omon

Qulmamedov Omon (1908,31,12, Go’ktepa tumani — 1977) — turkman aktyori, rejissyor, turkman milliy professional teatr san’atining asoschilaridan. Xalq artisti (1949). Moskvadagi turkman drama studiyasida ta’lim olgan (1926-29), 1929 yildan Mulla-napas nomidagi Turkman akademik drama teatrida aktyor, rejissyor. 1963 yildan direktor va bosh rejissyor Otello (U.Shekspir, «Otello»), Mahtumquli va Chernishev (B.Kerboboev, «Mahtumquli», «Dadil qadam»), Ollon (G.Muxtorov, «Ollonning oilasi»), shahar hokimi (N.Gogol, «Revizor») va boshqa rollari bilan turkman teatr san’atida o’chmas iz qoldirdi. Rejissyor sifatida «Tohir va Zuhra», «Boy ila xizmatchi», «xazinalar oroli» singari spektakllarni sahnalashtirgan.