Qurlar

Qurlar — tovuqsimonlar turkumiga mansub qushlar urug’i. 2 ta turi bor. Narining vazni 2 kilogrammgacha, modasi 1 kilogrammgacha. Yevropa va Osiyoning o’rmonli va o’rmonli dasht qismida tarqalgan. Nari qora. Ko’k va yashil tovlanadi, dumidagi chetki patlar uzunroq, ikki chetga lirasimon qayrilgan. Modasi kichikroq, qizg’ish qora holli. Uyasini yerga yasaydi. 4-13 ta tuxum qo’yib, 23-25 kun bosadi. Jo’jalari iyun boshlarida tuxumdan chiqadi. O’simlik meva va boshqalar bilan oziqlanadi. Kavkaz Qurlari faqat katta va kichik Kavkaz, Turkiya, Eronga xos; birmuncha kichik. Qishda tog’dan vodiyga ko’chadi. Ovlanadi. Hozir soni kamayib bormoqsa. Kavkaz quri regional qizil kitoblarga kiritilgan.