Qutayba ibn Tug’shoda
Qutayba ibn Tug’shoda (8-asr, Buxoro) — Buxorxudot (738-753). Qutayba ibn Tug’shodaning otasi Tug’shoda 32 yil Buxoroda Buxorxudot lavozimida turgan. Tug’shoda musulmon bo’lgandan so’ng tug’ilgan o’g’liga Qutayba ibn Muslim sharafiga Qutayba deb ism qo’ygan. Tushoda arablar tomonidan Samarqandda o’ldirilgach, Buxoro taxtiga uning o’g’li Qutayba ibn Tug’shoda o’tirgan (738). Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Tug’shoda Sharik ko’zg’olonini bostirishda Arab lashkarboshisi ziyod ibn Solihga yordam bergan. Biroq Qutayba ibn Tug’shoda keyinchalik arablarga qarshi kurash e’lon qilgach, Xuroson va Movarounnahr noibi Abu Muslim tomonidan o’zi, birodari, oila a’zolari va tarafdorlari bilan birgalikda o’ldirilgan (753). Qutayba ibn Tug’shodaning o’limidan keyin uning boshqa birodarlari Sukon ibn Tug’shoda va bunyot ibn Tutshoda Buxoroga buxorxudot (podshoh) bo’lganlar. Manba: Narshaxiy, Buxoro tarixi. T., 1966.