Quyosh sun’iy yo’ldoshlari, sun’iy sayyoralar
Quyosh sun’iy yo’ldoshlari, sun’iy sayyoralar — Quyosh atrofidagi orbitaga chiqariladigan kosmik uchish apparatlari (KUA), Quyosh sun’iy yo’ldoshlarining harakati Quyosh sistemasidash barcha sayyoralar harakati singari Quyoshning tortishish kuchi bilan aniqlanadi. Kosmik apparat Quyosh sun’iy yo’ldoshlari bo’lishi uchun unga erga nisbatan ikkinchi kosmik tezlik (11,2 km/sekund) dan katta Quyoshga nisbatan 42,1 km/sekund tezlik berilishi kerak. Quyosh sun’iy yo’ldoshlari 3 turga bo’linadi: 1) geliotsentrik orbitada ilmiy texnik tadqiqotlar o’tkazish uchun mo’ljallangan KUA; 2) uchib o’tadigan traektoriya bo’ylab harakatlanadigan sayyoralarni o’rganish uchun mo’ljallangan KUA. Ularning oxirgi geliosentrik orbi-talari tekshirilayotgan sayyoraning tortishish maydoni ta’siri ostida vujudga keladi; 3) sayyoralarni, sun’iy yo’ldosh orbitasidan turib yoki bevosita Sayyora sirtiga qo’nib o’rganish uchun mo’ljallangan KUA. Bular geliotsentrik orbitaga chiqariladi, Lekin «Yer — Sayyora» uchib o’tish trassasida-gina Quyosh sun’iy yo’ldoshlari rejimida uchadi, Quyosh sun’iy yo’ldoshlari quyosh aktivligi, sayyoralararo magnit maydon, quyosh shamoli va boshqalarni o’rganishda qo’llaniladi.