Ramo (Rameau) Jan Filipp

Ramo (Rameau) Jan Filipp (1683.25.9, Dijon 1764.12.9, Parij) — frantsuz kompozitori va musiqashunos. Zamonaviy garmoniya nazariyasining asoschisi («Garmoniya haqida traktat», 1722; «Garmoniyaning kelib chiqishi», 1750 va b.). Kompozitorlik ijodida frantsuz (J.B.Lyulli) va italyan (A.Vivaldi, D.Skarlatti) musiqa yutuqlarini mujassam etib, klassik musiqa uslubini shakllanishiga muhim hissa qo’shgan. Klavesin uchun pesalarda qadimgi (allemanda, kuranta kabi) va zamonaviy (menuet va boshqalar) bal raqslarini hamda milliy (rigodon, Tamburin) raqs kuylarini nozik did va yuksak mahorat bilan qayta ishlagan. Ramoning opera (lirik tragediyalar), operabalet va baletlari frantsuz musiqali teatrida butun bir davrni tashkil etib, K.V. /l/ OKning opera janri islohotiga zamin yaratgan. Bularning ayrimlari («Nazokatli Hindiston», 1735; «Zoroastr», 1749 va boshqalar)da Sharq mavzulariga murojaat etgan. Bir necha kantata, motet, cholg’u ansambl va boshqa asarlarni yozgan.