Ramstedt (Ramstedt) Gustav yon

Ramstedt (Ramstedt) Gustav yon (1873.22.10, Tammisari — 1950.25.11, Xelsinki) — fin oltoyshunos — tilshunosi. Xelsinki universiteti professor (1917— 41). Mo’g’ul tillarini qiyosiytarixiy o’rganishning hamda qiyosiytarixiy oltoyshunoslikning asoschilaridan biri. Ramstedt 1898 yildan boshlab bir qancha yillar davomida Volga va Kuma daryolari bo’ylari, Mongoliya hamda Kushka atrofida ekspedisiyalarda bo’lib, mo’g’ul, qalmoq, Chig’atoy tillari va folklori bo’yicha materiallar to’plagan, ularni turkiy parallellari bilan qiyoslagan holda e’lon qilgan. Ramstedt mo’g’ul va turkey tillari bo’yicha tadqiqot olib borib, «Mo’g’ul va turkiy tillarida fe’l yasalishi», «Oltoy tillarida son», «Oltoy tillarining qarindoshligi haqida» singari ilmiy asarlari bilan oltoyshunoslik nazariyasiga asos solgan; qalmoq tili bo’yicha «Qalmoqlug’ati», «Qalmoq tili va uning dialektlari» kabi asarlar yaratgan. Ramstedt uraloltoy tillarining genetik qarindoshligi haqidagi fikrlarga qarshi chiqqan, koreys va yapon tillarini Oltoy tillari guruhiga kiritgan. Oltoy tillaridagi tovush va shakili o’xshashliklar haqidagi to’liq ma’lumot uning «koreys tili bo’yicha etimologik tadqiqotlar» (1—2j., Xelsinki, 1949— 53) asarlarida bayon qilingan. As: Vvedenie v Altayskoe yazikoznanie. Morfologiya, M., 1957. Ergash Umarov.