BANKLARNING PASSIV OPERATSIYALARI

BANKLARNING PASSIV OPERATSIYALARI — banklarning o’z resurslarini shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalari. Bular mijozlarning omonatlarini bankka jalb qilish, boshqa banklardan kredit olish, qimmatli qog’ozlarni chiqarish va h.k.

BANKLAR VA MOLIYA

BANKLAR VA MOLIYA — mamlakatda jahon savdosi va investitsiya sohasida foydalaniladigan barcha moliyaviy instrumentlar mavjudligi ushbu sohadagi xizmatlar sifatini anglatadi.

CHERNOVSI VILOYATI

CHERNOVSI VILOYATI – Ukraina tarkibidagi viloyat. 1940 yil 7 avgustda tashkil etilgan. Maydoni 8,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 913 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, moldavan, rumin, rus va boshqa … Read More

O’TLOQCHILIK

O’TLOQCHILIK — pichanzor va yaylov xo’jalagini yuritish tizimi; qishloq xo’jaligining bir tarmog’i. O’tloqchilik tabiiy, ekma yaylov va pichanzorlarda pichan, ko’k ozuqa va boshqalar yem xashaklar yetishtirish, yem-xashakni faqat o’tzorlardagina emas, … Read More

BUG’LANUVCHANLIK

BUG’LANUVCHANLIK muayyan atmosfera sharoitida mumkin bo’lgan eng yuqori bug’lanishni ifodalaydigan shartli kattalik. Bunda maxsus idishdagi suv yuzasidan, tabiiy chuchuk suvli katta suv havzasi yuzasidan yoki ortiqcha namlangan tuproqdan bug’lanish ko’zda … Read More

BUG’LANISHNI O’LCHAGICH

BUG’LANISHNI O’LCHAGICH — suv va tuproq sirtidagi bug’lanishni o’lchaydigan asbob. Maxsus idishdan iborat. Tuproq ustiga va suv sirtida suzib yuruvchi maxsus qurilma ustiga o’rnatiladi. Kuzatish natijalarini hisoblashda Bug’anish o’lchagich ustiga … Read More

BUG’LANISH

BUG’LANISH, yalpi bug’lanish, evapotranspirasiya (agrometeorologiyada) — tuproq yuzasi hamda o’simliklardan bug’lanadigan nam (transpiratsiya) miqdori yig’indisi. Bug’lanish tuproq namligi, uning xususiyati, tuproq nam sig’imi, to’shama sirt rangi, havo temperaturasi va nisbiy … Read More

BUG’-KUCH QURILMASI

BUG’-KUCH QURILMASI — umumiy holda bug’qozoni (bug’generatori) va suv bug’i energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi bug’ dvigatellari majmuidan iborat energetik qurilma. Bug’ dvigateli sifatida bug’ mashinasi yoki bug’turbinasi ishlatiladi.

BUG’DOYIQ

BUG’DOYIQ — bug’doydoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar. Ildiz poyali, qalin chim hosil qiladigan yemxashak o’simliklari, bo’yi 60-100 santimetr, gullari boshoqchalar, boshoqchalar esa poya uchida to’planib, boshoq hosil qiladi. Deyarli … Read More

BUG’DOYDOSHLAR

BUG’DOYDOSHLAR (g’alladoshlar) (Roaseae yoki Gramineae) — bir urug’ pallali o’simliklar oilasi. Bir yillik, ikki yillik yoki ko’p yillik o’t, ba’zan buta yoki daraxtlardan tashkil topgan. Poyasi tsilindrsimon tik yoki yonboshlab … Read More