GIROSKOPIK QURILMALAR

GIROSKOPIK QURILMALAR, giroskopik asboblar —giroskoplar o’rnatilgan elektr-mexanik qurilmalar; shu qurilmalar o’rnatilgan ob’ek- tning vaziyatini ifodalaydigan Pa- rametrlarni aniqlaydi, ob’ektni barqarorlashtiradi. Texnikada ishla- tiladigan g. q. giroskopning turi, sez- gir giroskopik elementlar yasashning fizikaviy printsiplari, kardanli osma turi, vazifasi b-n tavsiflanadi. G. q. ob’ektning burchak og’ishlarini aniqlaydigan (turli astatik va po- zision giroskoplar); ob’ektning bur- chak tezliklari va tezlanishlarini aniqlaydigan (differentsiyalovchi Giro- skoplar); kattaliklar bo’yicha integral- larni aniqlaydigan (integrallovchi gi- roskoplar); ob’ektni yoki alohida asbob va qurilmalarni barqarorlaydigan, shu- ningdek, ob’ektning burchak og’ishlarini aniqlaydigan (girostabilizatorlar); navigasiya masalalarini hal qiladigan (girokompaslar, kompaslar) va b. xil- larga bo’linadi. G. q. dengiz flotida, aviasiyada, raketa va kosmik texnikada, harakatlanuvchi ob’ekt larning navi- gasiya va boshqarish masalalarini hal qilish uchun xalq xo’jaligida, ba’zi Max- sus ishlarni (geodezik, topografik va b.) o’tkazishda ishlatiladi.