Rus-Afg’on mojarosi

Rus-Afg’on mojarosi (1885 yil 18 mart), pandi vohasi yoxud Toshko’prikdagi qurolli to’qnashuv — amalda 19-asrning 80-yillarida rus-afg’on chegarasi o’tkazilishi munosabati bilan Buyuk Britaniya va Rossiya o’rtasida kelib chiqqan mojaro. 19-asrning 80-yillari boshida Buyuk Britaniya Afg’oniston bilan 1878-80 yillardagi urush natijasida bu davlatning tashqi siyosati ustidan nazorat qilishni o’z qo’liga olib o’z ta’sir doirasini shim. Afg’onistonga tarqatish va Rossiyani O’rta Osiyoda kuchayib, mustahkam o’rnashib olmasligi uchun har qanday yo’l bilan harakat qilgan. Shu maqsadda Afg’onistonni Rossiyaga qarshi gijgijlagan. 1884 yil yozida ingliz zobitlari bosh bo’lgan afg’onlar otryadi Turkmaniston hududiga kirib Pandi vohasini egallagan. Toshko’prik (Toshkepri) yonidagi qurolli to’qnashuv natijasida afg’on qo’shinlari bu yerni tark etgan. 1885 yil 10 sentabrdagi bitimga ko’ra, Eron-afg’oniston chegarasidan to Amudaryogacha bo’lgan oraliqdagi Rossiya va Afg’oniston chegarasi belgilandi. Rossiya-Afg’oniston chegarasi haqidagi RusIngliz protokolini imzolanishi bilan (1887) hal bo’lgan.