Sharqiy Afrika uzilmalar zonasi

Sharqiy Afrika uzilmalar zonasi — Afrika qit’asi bilan Arabiston yarim orolining shimoldan Janubgacha cho’zilgan murakkab Rift va grabenlardan iborat. Uzunligi qariyb 6500 kilometr bo’lgan bu zona yirik gumbaz va palaxsasimon antiklinal ko’tarilmalar o’rta qismining tektonik yer yoriqlari bo’yicha cho’kishi, o’pirilishi natijasida vujudga kelgan. Ularni Turkiya, Suriya va Iordaniyadan boshlab, qizil dengiz va Afrika orqali Mozambik bo’g’ozigacha kuzatish mumkin. Zona shu yo’nalishda o’lik dengiz, Aqoba, Suvaysh grabenlarini o’z ichiga oladi va Qizil dengiz, Adan qo’ltig’i orqali Afrikaning Efiopiya riftlarigacha borib 2 tarmoqqa bo’linadi. Birinchi tarmoqqa Qizil dengiz va Adan riftining davomidagi Viktoriya ko’lining sharqidan o’tgan grabenlar va harakatdagi elgon, Keniya, Kilimanjaro vulkanlari kiradi. Ikkinchi tarmoq Viktoriya ko’lining g’arbida joylashgan Albert, Eduard, Kivu, Tanganika, Rukva orqali o’tadi. Ikkala tarmoq ham Nyasti, Shiri grabenlariga borib tutashadi. Sharqiy Afrika uzilmalar zonasi Proterozoy davrlarida paydo bo’lgan bo’lsa ham, uning Rift va grabenlar strukturalarining hosil bo’lishi oligosenneogen vaqtlariga to’g’ri keladi. Bu uzilma strukturalar hoz. ham faolligini yo’qotmagan, chunki hoz. zamonda vulkanlarning otilib turishi va kuchli zilzilalarning bo’lishi shundan darak beradi.