TAMAKI SANOATI

TAMAKI SANOATI oziq-ovqat sanoatining tamaki va maxorka xom ashyosi tayyorlash, tamaki fermentlari, tamaki va maxorka mahsulotlari (chekiladigan papiros, sigara, sigarilla, o’rama tamaki, iskalma tamaki, chaynalma tamaki) ishlab chikarish bilan shug’ullanuvchi tarmog’i. Tamaki fabrikalari dastlab 17-asrda Angliya va Gollandiyada, 18-asrning 1-yarmida Rossiyada qurilgan va dunyoda birinchi bo’lib papiros Rossiyada ishlab chikarilgan. O’zbekiston hududida birinchi tamaki fkasi rus sanoatchisi I.I.Pervushin tomonidan 1877 yilda Toshkentda qurilgan. Keyinchalik xom ashyo taqchilligi sababli yopilgan. 1925 yilda Toshkentda tamaki fabrikasi qurilib, 1926 yilda 203 million dona papiros ishlab chiqardi, 1949 yilda korxona sigaret ishlab chiqarish. Asbob-uskunalari bilan jihozlanadi, 1966 yildan filtrli sigaretlar, 1974 yildan yuqori sifatli sigaretlar ishlab chiqarish. o’zlashtirildi. 1975 yilda O’zbekiston Tamaki sanoatida 111 million dona papiros, 4013 million dona sigaret, shu jumladan 738 million dona filtrli sigaret ishlab chiqarildi. Respublikada tamaki yetishtirish uchun iqlim, obxavo sharoitlarining qulayligi, malakali ishchi kuchi, Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga kirish imkoniyatlari borligi tufayli 1994 yilda Buyuk Britaniyaning «British Ameriken Tobakko» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O’zBAT aktsiyadorlik jamiyati» tamakimaxorka mahsulotlari ishlab chiqaradigan qo’shma korxona tashkil etildi. 1994 yildan boshlab Toshkent sigaret fabrikasi, Urgut fermentatsiya zavodi (Samarqand viloyati) rekonstruktsiya qilindi, 1997 yilda yillik quvvati 12 milliard dona sigaret bo’lgan yangi Samarqand sigaret fabrikasi qurib bitkazildi. Kompaniya O’zbekiston Tamaki sanoatiga 1994-2003 yillarda jami 285,1 million dollar bevosita investitsiya kiritdi. 2002 yilda Moskvada o’tkazilgan jahon tamaki ko’rgazmasida «Xon Lights» va «Xon Ultra Lights» sigaretlari oltin, «karvon» sigareti kumush medallar bilan mukofotlandi. Respublika Tamaki sanoatida 6,5 milliard dona sigaret ishlab chiqarildi, 9 ming tonnaga yaqin tamaki bargi eksport qilindi (2003). Respublika Tamaki sanoati mahsulotlari (tamaki bargi, sigaret) Rossiya, Ukraina va b. mamlakatlarga eksport qilinadi. Tamaki sanoati Xitoy, AQSh, Frantsiya, Bolgariya, Rossiya, Braziliya, Hindiston, Italiya va boshqa mamlakatlarda rivojlangan.