TO’POLON SUV OMBORI

TO’POLON SUV OMBORI – Surxondaryoning o’ng irmog’i — To’polondaryoda qurilayotgai yirik gidrotexnika inshooti. Surxondaryo viloyati uzun qishlog’idan 1,5 kilometr uzoqlikda joylashgan. Suv ombori qurilishi 1983 yilda boshlangan. Sug’orish va gidroenergetika maqsadlariga xizmat qiladi. Daryo suvini mavsumiy yig’adi. Suv ombori o’zanli tipda. Tarkibida tosh-tuproqli to’gon, suv chiqarish (300 metr/sekund) va suv tashtama (120 metr kub/sekund) inshootlari, GES (quvvati 175 MVt) bor. Loyihaga ko’ra to’g’oni uzunligi 410 metr, balandligi 180 metr, to’liq sig’imi 500 million metr foydali sig’imi 470 million M1. Surxondaryo viloyatining Denov, Sho’rchi, Qumqo’rg’on tumanlaridagi ekinzorlarni sug’orishda foydalaniladi, bir qator kanallarga suv beradi, GES quvvati viloyatning Janubiy hududlarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilaydi.