Toshpo‘lat Ahmad (1942-2019)

Toshpo‘lat Ahmad 1942 yil 13 dekabrda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan (1964). Turli yillarda Samarqand viloyat gazetasi adabiy xodimi, “Buxoro haqiqati” viloyat gazetasi adabiy xodimi, tarjimoni, bo‘lim mudiri, Bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi mas’ul kotibi, “Buxoro mavjlari” jurnali bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

“Buxoro yulduzi” (1971), “Qasam va qasos” (1973), “O‘g‘lingman, hayot” (1974), “Qalbning oppoq gavhari” (1975), “Ochiq eshik” (1975), “Minorlar va chinorlar” (1980), “Oydin xayollar” (1984), “Tabassum bog‘i” (1986), “Ahli muslim mehrobi” (1991), “Iymon qal’asi” (1994), “Fig‘on” (1994), “Sharq tumori” (1996), “Chorbakr” (1996), “Buxoronoma” (1997), “Gavhari jonim” (2002), “202 atirgul” (2003), “Qutlug‘ ostona” (2006), “Sharq gavhari” (2007), “Qalam va alam” (2008), “Navro‘zingdan o‘rgilay” (2010), “Sajdagoh” (2011) kitoblari muallifi.

U O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1990). “Mehnat shuhrati” (1998) va “El-yurt hurmati” (2007) ordenlari, “Oltin qalam” Milliy mukofoti xalqaro tanlovi sovrindori.