Umarov G’iyos Yoqubovich

Umarov G’iyos Yoqubovich (1921.25.12 Toshkent — 1988.21.12) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1968), texnika fanlari Doktori (1967), prof. (1968). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1943). Toshkent politexnika instituti dotsenti, kafedra mudiri (1950-58), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti ilmiy xodimi (1958 yildan), laboratoriya mudiri (1960 yildan), institut direktori o’rinbosari (1961 yildan), direktori (1962-65), shu institut geliofizika bo’limi mudiri (1965-88). Ilmiy ishlari, asosan, yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid. U RaE va RaD ning (Zemirilishini tekshirdi, fototasvirlarni radioaktiv izotop yordamida kuchaytirish usulini ixtiro qildi, shogirdlari bilan hamkorlikda lantanoidlarning 30 dan ortiq yangi izotollarini ochdi, Quyosh issiqlik stansiyalari qurish mumkinligini ko’rsatdi. U shogirdlari bilan Quyosh nurlarini akslantiruvchi parabolid yuzasini ishlab chiqarish uslubini yaratdi. Quyosh energiyasini to’playdigan yuqori trail gelioqurilmalar, Quyosh energiyasini uzoq muddat saqlovchi va boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi qurilmalar ixtiro qildi. Qiyin eriydigan metallar, sopol mahsulotlarini olish, payvandlash va boshqalarni amalga oshiradigan qurilmalar yaratdi. Uning rahbarligida issikxonalarda sabzavot va mevalarni quritkich, chigitni plyonka ostida undirish uskunalari va boshqalarning dastlabki namunalari yaratildi. Toshkent shahridagi ko’cha va mahallalardan biriga uning nomi berilgan. Ad.: Ershov A.A., Solntsepoklonnik GiYaS Umarov, M., 1996.