Uylarda deraza qachon paydo bo’lgan?

Siz Shumer yoki Bobil singari qadim zamonlarning oliymaqom sivilizasiyalari haqidagi tarixiy hikoyalar va qissalarni o’qiyotganingizda, shuni nazarda tutingki, o’sha zamonlarning loysuvoq uylari, saroylari va kulbalari hali derazasiz edi. Deraza eshikdan bir necha ming yosh kichik. Ancha zamonlar ular Kichik Osiyoning qay bir go’shasida ilk marotaba miloddon avvalgi II yoki I mingyillikning boshlarida paydo bo’lgan deb hisoblab kelindi. Biroq Kiprdagi yangi qadimshunoslik topilmalari deraza odamlar tomonidan ancha oldin ixtiro etilganligidan guvohlik beradi. Ular qariyb 8 ming yoshni urib qo’ygani ma’lum bo’ldi. Qaysidir joylarda uylarda derazalarni oldinroq, boshqalarida esa keyinroq yasay boshlashgan. Derazalar bo’lmagan joylarda uylarda derazalar paydo bo’lganida ham ulardan ko’pincha o’choqdan chiqqan tutunni chiqarib yuborishda foydalanishardi, ya’ni ular hozirgi pechka quvuri ishini bajargan. Derazani ifodalovchi Xitoy ieroglifiga o’choq ustidagi mo’ri tuynigining alomati kiritilgani ham bejiz emas. Odamlar maxsus dudburonlar yasashidan, derazalar chinakam derazaga aylanishi, ya’ni ularni xonalarga yorug’lik tushishi uchun yasay boshlashlaridan oldin tag’in bir necha yuzyilliklar o’tishi kerak bo’ldi.