{:uz}Vul Bentsion Moiseyevich{:}
Vul Bentsion Moiseyevich (1903.9.5, Belaya Tserkov, Rossiya — 1985, Moskva) — fizik olim, akademik (1972). Ilmiy ishlari dielektriklar va yarimo’tkazgichlar fizikasiga oid. Yangi segneto-elektrik — bariy titanat (BaTiO3) ni kashf etdi (1944) va uning xossalarini tekshirdi. Vul rahbarligida Yarimo’tkazgichli diodlar, triodlar, kvant generatorlari ishlab chiqildi. U yarim-o’tkazgichli lazerlarni ixtiro qildi va ularning boshqa tur lazerlardan afzalligini aniqladi (bunday lazerlarning f.i.k. 100 foizga yaqin).
O‘xshash so‘zlar
- {:uz}Vulfenit{:}
- {:uz}Vulkan bombasi{:}
- {:uz}Vulkan shishasi{:}
- {:uz}Vulkanizatsiya{:}
- {:uz}Vundt (Wundt) Vilgelm{:}
- {:uz}Vuppertal{:}
- {:uz}Vyorstka, sahifalash yoki sahifa{:}
- {:uz}Vzvod{:}

