YAKKABOSHCHILIK

YAKKABOSHCHILIK — boshqaruv prinsipi; biron-bir organ, muassasa, korxona rahbariga o’z funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan keng vakolatlar berilishini, shuningdek, natijalari uchun unga shaxsiy javobgarlik yuklanishini anglatadi. Davlat organlari, muassasalar va korxonalar ishidagi Yakkaboshchilik muayyan organ faoliyatining muhim masalalari muhokama qilinayotganda kollegiallik bilan keng miqyosda uyg’unlashtirib amalga oshiriladi.