Yepiskop

Yepiskop (yunoncha episkopos-nozir, nazorat qiluvchi)-pravoslav, katolik, anglikan cherkovlarida oliy martabali ruhoniylardan biri, cherkovga qarashli ma’muriy-hududiy birlik (yeparxiya) boshlig’i. Yepiskoplik darajali (IV asrdan boshlab): patriarx, mitropolit (mitropolitlarning bir qismi arxiyepiskop unvoniga ega) va Yepiskop.