YER QAZISH MASHINALARI

YER QAZISH MASHINALARI – tuproq va tog’jinslarini qazish, kesish, o’pirish, maydalash va ma’lum masofaga to’kish uchun mo’ljallangan mashinalar. Quruqlikda va suv ostida ishlaydigan hamda gidravlik (suv otib ishlaydigan) turlari bor. Quruqlikda ishlaydiganlari yer qazish-tashish mashinalari va ekskavatorlarga bo’linadi. Yer qazish-tashish mashinalariga skreper, buldozer, greyder, avtogreyder, greyder-elevator va boshqalar kiradi. Bunday mashinalar qazilgan tuproq yoki tog’jinsini bir necha metrdan 5 kilometrgacha masofaga to’kishi mumkin. Ekskavator quruklikda ishlaydigan Yer qazish mashinalarining eng keng tarqalgani hisoblanadi. Suv ostida ishlaydigan va gidravlik Yer qazish mashinalariga gidromonitor, zemlesoslar, zemlesosli snaryadlar va boshqalar kiradi. Yer qazish mashinalari yer qazish, tog’ jinslarini kesish-o’pirish ishlarini to’la mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi.