ABDULAZIZXON

ABDULAZIZXON (1509-1550) -Shayboniylardan. Ubaydullaxonning o’g’li, Xorazm hokimi (1538-39). Otasining vafoti (1539) dan so’ng mamlakatda ikkihokimiyatchilik vujudga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni (1540-50), Ko’chkunchixonning o’g’li Abdullatifxon esa Samarqand xoni (1540-1551) bo’lgan. Abdulazizxon o’z hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini ko’zlab qator islohotlar o’tkazgan, ayrim soliqlar (tanob puli, tafovut, tavfiri va boshqalar) ni bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi mudofaa devori bilan o’rashga kirishgan (uni Abdullaxon II qurib bitkazgan bo’lib, 20-asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda madrasa, ulkan kutubxona, Bahouddin Naqshband qabristonida xonaqolar qurdirgan. Abdulazizxon ilm va she’riyat ahlining homiysi, o’ta taqvodor inson bo’lib, tasavvuf olimi — Shayx Jalol (7-1549) ning muridi edi. U benazir husnixat sohibi bo’lgan, «Aziziy» taxallusi bilan g’azallar bitgan.

ABDULAZIZXON (1614 – Balx -1681) — ashtarxoniylarsan. Nadr Muhammadxonnit katta o’g’li. 1626 yildan Xuttalon hokimi, 1630 yildan Balxning g’arbiy tumanlari hokimi. 1645 yildan Buxoro xoni. Abdulazizxon Markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo’shgan. Buxoroda ko’pgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi va boshqalar).