ALLOXTON
ALLOXTON (Yunoncha allos — boshqa va chthon — yer) — tog’ jinslari majmuasining paydo bo’lgan joylaridan ma’lum geologik jarayonlar sababli yangi o’ringa — avtoxton jinslar ustiga qiyalik va ko’pincha to’lqinsimon yuza bo’ylab siljishi (ko’chishi) va qaytadan yotqizilishi. Sirt bo’ylab siljish bir necha km dan 100 kilometrgacha bo’lishi mumkin. Alloxton tektonik qoplamalar hosil qiladi. Alloxton hodisasi ko’proq ko’mir konlarida kuzatiladi.