ARNASOY DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA HUDUDI

ARNASOY DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA HUDUDI — Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko’lida 1983 yilda tashkil etilgan (hozir Aydar ko’li, Tuzkon, Arnasoy ko’llari birlashib ketgan). Maydoni 63,5 ming gektar. O’tkinchi qushlar (Baklan, Chayka (Baliqchi qush), qarqara va boshqalar) va shu yerda uya qurib jo’ja ochadigan yovvoyi o’rdak, g’oz va boshqa qushlar muhofaza qilinadi. Hududida katta-katta qushlar galalari yashaydi, suvda suzuvchi qushlar, suv hayvonlari keng tarqalgan. Sohil bo’yidagi qamishzorlar va butalar orasida ondatra, tulki, qorsoq, qamish mushugi va boshqalar. yashaydi. Ko’lda zog’ora baliq, laqqa baliq, usach kabi baliq turlari ko’p.